

{"id":210,"date":"2011-12-14T00:05:52","date_gmt":"2011-12-13T20:05:52","guid":{"rendered":"http:\/\/alishernavoiy\/?p=210"},"modified":"2014-11-23T11:09:44","modified_gmt":"2014-11-23T07:09:44","slug":"alisher-navoiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/alisher-navoiy\/","title":{"rendered":"ALISHER NAVOIY"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>Alisher Navoiy (1441, 9 fevral-1501, 3 yanvar) ulug\u2018 o\u2018zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi bo\u2018lgan. G\u2018arbda chig\u2018atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda \u00abnizomi millati va d-din\u00bb (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug\u2018lanadi.<\/p>\n<p>Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug\u2018ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o\u2018tkazgan. Navoiyning otasi G\u2018iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo\u2018lgan. She\u2019r zavqi va iste\u2019dodi erta uyg\u2018ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning \u00abMantiqut-tayr\u00bb asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste\u2019dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e\u2019tirofini qozongan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta`lim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo`lgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.<\/p>\n<p>Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o`tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480\u20141500 yillar mobaynida o`z mablag`lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yo`lovchilar to`xtab o`tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko`prik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga \u00abmuqarrabi hazrati sultoniy\u00bb (\u00absulton hazratlarining eng yaqin kishisi\u00bb) degan unvonni beradi. Unga ko`ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.<\/p>\n<p>Alisher Navoiy tarjimai holi o`z davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.<\/p>\n<p>O`zbek olimlari O. Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Ya. G`ulomov, I.Sulton. A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.G`anieva v.b. Navoiyning hayot yo`li haqida asarlar yaratishgan.<\/p>\n<p><strong>Lirik merosi<\/strong><\/p>\n<p>Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she`rlarini yig`ib, \u00abIlk devon\u00bb (1464-65) tuzgan edilar, so`ngra \u00abBadoyiul-bidoya\u00bb (\u00abGo`zallikning boshlanishi\u00bb), \u00abNavodirun-nihoya\u00bb (\u00abNodirliklar nihoyasi\u00bb) nomli devonlar (1470-yillar) tartib berilgan. Lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq \u00abXazoyinul-maoniy\u00bb nomli to`rt devon (1491\u20141498)ga jamlangan. Navoiy she`riyatining mavzular doirasi keng, janrlar ko`lami (16) xilma-xil. G`azallari \u00aboshiqona, orifona, rindona\u00bb (Shayxzoda) sifatlar bilan o`rganiladi. G`azallarida insoniy muhabbat, ilohiy ishq bilan uyg`un holda ulug`lanib, \u00abmajoz &#8211; haqiqat ko`prigi\u00bb aqidasiga amal qilingan. Alisher Navoiy she`riyatidagi zohiriy ma`no yangiliklari bilan birga botiniy sifatlarni ham o`rgangandagina ularni idrok etishga erishish mumkin.<\/p>\n<p>\u00abNazmul-javohir\u00bb (1485) Hazrat Alining \u00abNasrul-laoliy\u00bb asarining turkiy nazmga solingani bo`lib, 266 ruboiydan iborat bu asarda axloqiy-ta`limiy qarashlar o`z aksini topgan.<\/p>\n<p>O`R FA ShIda (3-fond) Navoiyga mansub 24 asarning 254 qo`lyozmasi saqlanadi, undan ko`pchiligi devonlarning nusxalari. Navoiy devonlari prof. H.Sulaymon tomonidan yig`ilib, tasnif etilgan. \u00abIlk devon\u00bb Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shedrin kutubxonasida (inv.564) saqlanadi. \u00abNavodirun-nihoya\u00bb O`R FA ShI (inv.1995) dagi nusxalari nihoyatda nodir bo`lib, ular Navoiy davrida Hirotda Sulton Ali Mashhadiy (1487), Abdujamil kotib (1487-88) tomonidan ko`chirilgan.<\/p>\n<p><strong>Xamsa<\/strong><\/p>\n<p>Alisher Navoiy ijodining yuksak cho`qqisi \u00abXamsa\u00bb asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo`lib, turkiy tilda to`liq \u00abXamsa\u00bb yaratdi va turkiy tilda shunday ko`lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.<\/p>\n<p>\u00abXamsa\u00bb tarkibiga \u00abHayratul-abror\u00bb, \u00abFarhod va Shirin\u00bb, \u00abLayli va Majnun\u00bb, \u00abSab`ai sayyor\u00bb, \u00abSaddi Iskandariy\u00bb kabi dostonlar kiradi.<\/p>\n<p>\u00abHayratul-abror\u00bbda hamd, munojot, na`t, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga bo`lgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ma`rifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtai nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yo`lida ulusdan o`ta olmaganini anglatish bilan o`zining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi.<\/p>\n<p>\u00abFarhod va Shirin\u00bbda qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki o`sha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqdiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali o`zining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy an`analari yangilangan bo`lsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining o`zak muammolarini hal etishda asosiy o`rin tutdi va bu yo`nalishda Ahmad rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy v.b. dostonlari yaratildi.<\/p>\n<p>\u00abLayli va Majnun\u00bb dostonida arab ertaklari orqali ma`lum syujet o`zining tugal shaklini topdi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy dostonlari uchun ma`naviy zamin bo`ldi. \u00abXamsa\u00bb tarkibidagi \u00abSab`ai sayyor\u00bb va \u00abSaddi Iskandariy\u00bbda shohlik bilan bog`liq masalalarni birinchi o`ringa olib chiqdi. Bu dostonlar xamsanavislik an`anasida o`zining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va originalligi bilan ajralib turadi. \u00abXamsa\u00bbga ustoz Abdurahmon Jomiy (1414\u20141492) yuqori baho berdi.<\/p>\n<p>O`R FA ShI qo`lyozmalar fondida 15-20 asrlarda ko`chirilgan 166 qo`lyozma saqlanadi. Ulardan 84 tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan.<\/p>\n<p>\u00abXamsa\u00bb haqida xorijiy olimlar A.Vamberi, J.Malokolin, F.Richard, L.Vari, Y.Ekman, E.Partele; rus tadqiqotchilari I.Krachkovskiy, V.Bartold, E.Bertels, Konrad, B.Jirmunskiy, A.Yakubovskiy, A.Semyonov; turk olimlari F.Ko`prulu, A.S.Levend, K. Eraslon; ozar olimlari H. Arasli, G. Aliev; o`zbek olimlari Fitrat, I.Sulton, V.Zohidov, A.Qayumov, T.Jalolov, S.Nazrullaeva, A.Abdug`afurov, M.Hakimov, S.Hasanov v.b. ishlari ma`lum.<\/p>\n<p>O`zMUda \u00abXamsa\u00bbni tadqiq etish borasida B.Qosimov, B.Akrom, H.Boltaboev, A.Erkinov, D.Farmonova tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.<\/p>\n<p><strong>Tasavvufiy asarlari<\/strong><\/p>\n<p>Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo`lsa-da, maxsus \u00abLisonut-tayr\u00bb dostoni(1499)da, \u00abNasoyimul-muhabbat\u00bb manqabasi]]&raquo;(1495-96)da, \u00abTarixi anbiyo va hukamo\u00bb(1485-8), \u00abArbain\u00bb, \u00abMunojot\u00bb singari asarlarida aks etgan.<\/p>\n<p>\u00abLisonut-tayr\u00bbda borliq va ilohiyot haqaidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan.<\/p>\n<p>O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng Navoiy asarlarini diniy va so`fiylik jihatidan o`rganish kengaydi, ular ob\u2019ektiv va ilmiy bahosini olmoqda. \u00abArbain\u00bb, \u00abMunojot\u00bb kabi asarlari chop etildi. Jomiyning \u00abNafahotul-uns min hazarotil-quds\u00bb tazkirasini tarjima qilib va to`ldirib, so`z yuritilgan 618ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi.<\/p>\n<p><strong>Nasriy asarlari<\/strong><\/p>\n<p>Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta`limiy va ilmiy-falsafiy yo`nalishdadir.<\/p>\n<p>\u00abMahbubul-qulub\u00bb(1500-01) Navoiyning so`nggi yirik asari bo`lib, unda ulug` mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, to`plagan boy tajribasi o`z yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda \u00abSoriun-nosning af&#8217;ol va ahvolining kayfiyati\u00bb (1), axloqiy muammolar (2), \u00abmutafarriqa favoyid va amsol surati\u00bb (3) masalalari ifodalangan.<\/p>\n<p>\u00abXamsatul-mutahayyirin\u00bb(\u00abBesh hayrat\u00bb,1494) asarida ustozi va do`sti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi.<\/p>\n<p>\u00abHoloti Sayyid Hasan Ardasher\u00bb (1488-89), \u00abHoloti Rahlavon Muhammad\u00bb(1493) asarlari manoqib-holot yo`nalishida bo`lib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan.<\/p>\n<p>\u00abMunshaot\u00bb (1498-99) Navoiyning maktublari to`plami (jami 88 ta xat) bo`lib, ular sog`inchlik xatlari, navro`z tabriklari, ta`ziyanomalar, siyosiy o`gitlar, sulhnomalar va boshqa yo`nalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan.<\/p>\n<p><strong>Ilmiy-filologik merosi<\/strong><\/p>\n<p>\u00abMajolisun-nafois\u00bb (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira bo`lib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida ma`lumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot bo`lmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, to`rtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi ma`lumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy(1521-22), Muhammad Qazviniy(1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan.<\/p>\n<p>Navoiy \u00abMuhokamatul-lug`atayn\u00bb asarini o`z zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bag`ishladi. Jonli xalq tilida qo`llanilgan ko`plab so`zlarni asarga kiritib, adabiy tilda qo`llanilishiga sababchi bo`ldi. O`zigacha ishlatilgan so`zlarni yangi ma`no qatlamlarini ochdi. O`zbek tili grammatikasini Mahmud Koshg`ariydan so`ng ilmiy asosga soldi. O`zbek tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi bo`ldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va e`tiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi.<\/p>\n<p>Aruz nazariyasiga bag`ishlangan \u00abMezonul-avzon\u00bb(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va og`zaki she`riyati namunalarining vazn xususiyatlarini o`rgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk she`riyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. To`qqizta yangi vazn va she`riy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi.<\/p>\n<p>Navoiyning ilmiy-filologik merosini muntazam tadqiq qilish 20 asrning 20-yillaridan yo`lga qo`yildi. Bu yo`nalishda Fitrat, Oybek, A.Sa`diy, O.Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton, H.Qudratullaev kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov, O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos olimlarning ishlari e`tiborli.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Tarix va iqtisodga oid asarlari<\/strong><\/p>\n<p>\u00abTarixi muluki Ajam\u00bb (\u00abAjam shohlari tarixi\u00bb,1488) qisqa tarix bo`lib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan \u00abTarixi Tabariy\u00bb, \u00abShohnoma\u00bb asarlarini mantiqan to`ldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning so`nggi vakili Yazdi Shahriyorgacha bo`lgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi.<\/p>\n<p>\u00abTarixi anbiyo va hukamo\u00bb (\u00abPayg`ambarlar va hakimlar tarixi\u00bb, 1485\u20141498) asarining birinchi bo`limida \u00abQissasul-anbiyo\u00bblar an`analarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Ya`qub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi payg`ambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning \u00abHukamo zikrida\u00bb deb nomlangan ikkinchi bo`limida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishog`urs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi.<\/p>\n<p>\u00abVaqfiya\u00bb (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablag`i evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yo`nalishda madrasa va xonaqohlarda o`rnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy o`z ixtiyoridagi mablag`lar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bog`larni sanab o`tdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini o`rganish uchun ham muhim hujjatli manbadir.<\/p>\n<p>Tarix va iqtisodiy yo`nalishdagi asarlari N.Veselovskiy, Yakubovskiy, Ya.G`ulomov, V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar tomonidan o`rganilgan.<\/p>\n<p><strong>Navoiy Muborak dastxat<\/strong><\/p>\n<p>Arab va fors tillaridagi asarlari. Alisher Navoiy fors tilida yozgan she`rlari asosida \u00abDevoni Foniy\u00bb tuzilgan bo`lib, uning muqaddimasida \u00abSittai zaruriya\u00bb (\u00abOlti zarurat\u00bb) va \u00abFusuli arbaa\u00bb (\u00abTo\u2018rt fasl\u00bb) forsiy qasidalari majmualari berilgan. \u00abSittai zaruriya\u00bb to`plamidagi qasidalar \u00abRuhul-quds\u00bb (\u00abMuqaddas ruh\u00bb), \u00abAynul-hayot\u00bb (\u00abHayot chashmasi\u00bb), \u00abTuhfatul-afkor\u00bb (\u00abFikrlar tuhfasi\u00bb), \u00abQutul-qulub\u00bb (\u00abQalbdar g`izosi\u00bb), \u00abMinhojun-najot\u00bb (\u00abQutilish yo`li\u00bb), \u00abNasimul-xuld\u00bb (\u00abJannat nasimi\u00bb) kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob tarzida yozilgan. \u00abFusuli arbaa\u00bbda Sulton Husayn Boyqaro madhidan so`ng \u00abBahor\u00bb, \u00abSaraton\u00bb, \u00abXazon\u00bb (\u00abKuz\u00bb) va \u00abDay\u00bb (\u00abQish\u00bb) vasfidan iborat. Muammo janri qoidalariga bag`ishlangan \u00abMufradot\u00bb (1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz she`riyatdagi bu janrni nazariy jihatdan asosladi. Muammo va uni ifodalangan janrlar ruboiy, qit`a, tuyuq, ayrim hollarda g`azal munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini o`rgatish barobarida 121 ta misol keltirdi. Navoiyning arab tilida \u00abSab\u2019atul-abhur\u00bb (\u00abYetti dengiz\u00bb) nomli diniy-tasavvufiy ruhda lug`at xarakteridagi asar yozgani ma`lum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada o`rganilmagan. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi Fitrat, H.Sulaymon, N.Mallaev, Sh.Shomuhamedov, R.Vohidov, Boltaeva tomonidan o`rganilgan. Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma`naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o`rin oldi. Mustaqil O`zbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, O`zbekiston Davlat mukofoti, O`RFA Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, O`zbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-ma`rifiy muassasalar, jamoa xo`jaliklari ulug` shoir nomi bilan ataladi.<\/p>\n<p><strong>Nashr qilingan asarlari<\/strong><\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Asarlar. 1-4 jildlar, -T.: 1963\u20141968;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Xazoyinul-maoniy. -T.: 1959-60;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to`plami (20 jildlik), 1-6 jildlar. -T.: 1987\u20141992;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Asarlar. 6-10 jildlar, -T.: 1963\u20141968.<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to`plami (20 jildlik), 7-12 jildlar, Toshkent, 1991\u20141996;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Xamsa (Nashrga tayyorl. R.Shamsiev). -T.: 1960;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Farhod va Shirin (nashrga tayyorl., nasriy bayon muallifi G`afur G`ulom). \u2014 T.: 1956;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Hayratul-abror. Ilmiy-tanqidiy tekst (nashr. P.Shamsiev). -T.: 1970;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Lisonut-tayr (nasriy bayon muallifi: Sh.Sharirov). \u2014 T.: 1984;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Lisonut-tayr. \u2014 T.: 1991;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Nasoyimul-muhabbat. MAT. 17-jild. -T.: Fan, 2001;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Munojot (nashrga tayyorl. S.G`anieva). \u2014 T.: Sharq, 1991;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Mahbubul-qulub. Asarlar. O`n besh tomlik. T.13. \u2014 T.;1967;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Xamsatul-mutahayyirin. Asarlar. O`n besh tomlik. T.14. \u2014 T.;1967;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. Asarlar. O`n besh tomlik. T.14. \u2014 T.;1967;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. Asarlar. O`n besh tomlik. T.14. \u2014 T.;1967;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Munshaot. Asarlar. O`n besh tomlik. T.13. \u2014 T.:1967<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Majolisun-nafois. Asarlar. O`n besh tomlik. T.12. -T.: 1966;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Muhokamatul-lug`atayn. Asarlar. O`n besh tomlik. T.14. \u2014 T.:1967;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Mezonul-avzon. Asarlar. O`n besh tomlik T.14. \u2014 T.:1967;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Tarixi muluki Ajam. Asarlar. O`n besh tomlik. T.14. \u2014 T.:1967;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo. Asarlar. O`n besh tomlik. T.15. \u2014 T.:1968;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Vaqfiya. Asarlar. O`n besh tomlik. T.13. -T.: 1967;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Devoni Foniy. Asarlar. O`n besh tomlik. T.5. 1-2 kitob. \u2014 T.:1966;<\/p>\n<p>* Alisher Navoiy. Mufradot. Asarlar. O`n besh tomlik. T.15.- T.:1968;<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Alisher Navoiy (1441, 9 fevral-1501, 3 yanvar) ulug\u2018 o\u2018zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi bo\u2018lgan. G\u2018arbda chig\u2018atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda \u00abnizomi millati va d-din\u00bb (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug\u2018lanadi. Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug\u2018ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o\u2018tkazgan. Navoiyning otasi G\u2018iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin <a href=\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/alisher-navoiy\/\">Batafsil o`qing <span class=\"meta-nav\">&raquo;<\/span><\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-210","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-peoples","author-admin1"],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.6 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ALISHER NAVOIY - \u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/alisher-navoiy\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ALISHER NAVOIY - \u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Alisher Navoiy (1441, 9 fevral-1501, 3 yanvar) ulug\u2018 o\u2018zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi bo\u2018lgan. G\u2018arbda chig\u2018atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda \u00abnizomi millati va d-din\u00bb (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug\u2018lanadi. Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug\u2018ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o\u2018tkazgan. Navoiyning otasi G\u2018iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin Batafsil o`qing &raquo;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/alisher-navoiy\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"\u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2011-12-13T20:05:52+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2014-11-23T07:09:44+00:00\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"admin\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"admin\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/alisher-navoiy\/\",\"url\":\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/alisher-navoiy\/\",\"name\":\"ALISHER NAVOIY - \u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2011-12-13T20:05:52+00:00\",\"dateModified\":\"2014-11-23T07:09:44+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#\/schema\/person\/a9ee3b9faa9e226bd49c0dc53c259fdc\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/alisher-navoiy\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/alisher-navoiy\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/alisher-navoiy\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ALISHER NAVOIY\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/\",\"name\":\"\u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438\",\"description\":\"\u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442 \u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440\u0430 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":{\"@type\":\"PropertyValueSpecification\",\"valueRequired\":true,\"valueName\":\"search_term_string\"}}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#\/schema\/person\/a9ee3b9faa9e226bd49c0dc53c259fdc\",\"name\":\"admin\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/cb9d99344960e29e19b3380722dc7cd9?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/cb9d99344960e29e19b3380722dc7cd9?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"admin\"},\"url\":\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/author\/admin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ALISHER NAVOIY - \u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/alisher-navoiy\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"ALISHER NAVOIY - \u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438","og_description":"Alisher Navoiy (1441, 9 fevral-1501, 3 yanvar) ulug\u2018 o\u2018zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi bo\u2018lgan. G\u2018arbda chig\u2018atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda \u00abnizomi millati va d-din\u00bb (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug\u2018lanadi. Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug\u2018ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o\u2018tkazgan. Navoiyning otasi G\u2018iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin Batafsil o`qing &raquo;","og_url":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/alisher-navoiy\/","og_site_name":"\u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438","article_published_time":"2011-12-13T20:05:52+00:00","article_modified_time":"2014-11-23T07:09:44+00:00","author":"admin","twitter_card":"summary_large_image","twitter_misc":{"Written by":"admin","Est. reading time":"10 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/alisher-navoiy\/","url":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/alisher-navoiy\/","name":"ALISHER NAVOIY - \u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438","isPartOf":{"@id":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#website"},"datePublished":"2011-12-13T20:05:52+00:00","dateModified":"2014-11-23T07:09:44+00:00","author":{"@id":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#\/schema\/person\/a9ee3b9faa9e226bd49c0dc53c259fdc"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/alisher-navoiy\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/alisher-navoiy\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/alisher-navoiy\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ALISHER NAVOIY"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#website","url":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/","name":"\u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438","description":"\u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442 \u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440\u0430 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":{"@type":"PropertyValueSpecification","valueRequired":true,"valueName":"search_term_string"}}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#\/schema\/person\/a9ee3b9faa9e226bd49c0dc53c259fdc","name":"admin","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/cb9d99344960e29e19b3380722dc7cd9?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/cb9d99344960e29e19b3380722dc7cd9?s=96&d=mm&r=g","caption":"admin"},"url":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/author\/admin\/"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/210","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=210"}],"version-history":[{"count":0,"href":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/210\/revisions"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=210"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=210"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=210"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}