

{"id":214,"date":"2012-02-21T00:07:00","date_gmt":"2012-02-20T20:07:00","guid":{"rendered":"http:\/\/alishernavoiy\/?p=214"},"modified":"2014-11-21T15:26:08","modified_gmt":"2014-11-21T11:26:08","slug":"navoiy-armoni","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/navoiy-armoni\/","title":{"rendered":"NAVOIY ARMONI"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>Shahzoda Mo\u2019min mirzo o\u2019ldirilgan hijriy to\u2019qqiz yuz uchinchi yilning safar oyida \u2013 1497 sananing erta bahorida Mir Alisher Navoiy Mashhadda edi. U bir paytlar o\u2019zi saboq olgan bu kentga Imom Rizo maqbarasini ziyorat qilishga borib, yetim-yesirlarga saqat ulashadigan g\u2019alvurxona qurilishini boshlatgan, shu bois, bir oz ushlanib qolgan edi.<\/p>\n<p>Navjuvon shahzodaning shafqatsizlarcha qatl etilganini Hirotga qytayotganda eshitib, Mir Alisher bag\u2019oyat qattiq qayg\u2019urdi va unga peshvoz chiqqan yoru-birodarlariga nadomat bilan. \u00abBir vaqtlar Shayx Majdiddin Bag\u2019dodiyning o\u2019ldirilishi oqibatda Chingizxon bosqinidan Movarounnahr va Xuroson qanday qirg\u2019inbarotga uchragan bo\u2019lsa, Mo\u2019min mirzoning o\u2019ldirilishi oqibati ham xuddi shunday falokatlardan darak beradur\u00bb, \u2013 deb aytdi. Mir Alisher bunday qabixona qotillik \u2013 boboning o\u2019z nabirasini o\u2019ldirishga fatvo berishi saltanat inqirozining ibtidosi ekaniga ishora qilganini payqagan Sulton Husayn Boyqaro qattiq g\u2019azablandi. Ammo g\u2019azabini ichiga yutdi. Zero, podshoh shahid shahzoda otasi, to\u2019ng\u2019ich o\u2019g&#8217;li Badiuzzamon mirzo xun qasdida albatta isyon boshlashini bilar, bunday sharoitda Mir Alisher bilan ora buzilishini xohlamas edi.<\/p>\n<p>Sulton Husayn bu mashyum voqyeadan so\u2019ng, qariyb yarim asrlik qadrdoni bo\u2019lmish Mir Alisher saltanat ishlaridan butunlay chetlashishga, bir umrlik orzusini amalga oshirishga ahd qilganidan bexabar edi. U, bu haqda eshitganda ham jiddiy e\u2019tibor bermadi, illo, Mir Alisher bunday qarorlarni oldin ham qilgan, ammo uning boshiga tashvish tushganda hech qachon qarab o\u2019tirmagan, xonanishinlikni tark etib albatta ko\u2019makka kelgan. Shoyadkim, bu gal ham shunday bo\u2019lgay\u2026 Qolaversa, Mir Alisherni podshoh xonadoniga ipsiz bog\u2019lab qo\u2019ygan bir kuch bor ediki, u ham bo\u2019lsa Sulton Husayn Boyqaro bilan barcha kechgan xotiralari edi. Ammo bu galgi tark etish Mir Alisherning azaliy orzusi bilan bog\u2019liqligidan bu yosh shoirning ko\u2019ngliga hali Samarqandda o\u2019qib yurgan kezlaridayoq paydo bo\u2019lganidan bexabar edi. Ba\u2019zilar bu o\u2019y rad etishga sevgi tufayli deb shubha qiladilar. O\u2019shanda muhabbati ko\u2019nglining tubida qolib ketganidan ezilgan yigirma yetti yashar Alisher hajga ketishga, qolgan butun umrini tariqat suluhiga bag\u2019ishlashga chog\u2019langan, ammo yurtda kechgan notinchliklar safarga chiqishiga monelik qilgandi. O\u2019shanda yosh shoir hazrati Xoja Ahror maslahatiga amal qilib, tariqat ilmini o\u2019rganishga zo\u2019r berdi.<\/p>\n<p>Sulton Husayn Boyqaro adashmadi, haqiqatan ham kelasi yilning yoziga chiqib, Badiuzzamon mirzo isyon boshladi. Sulton Husayn qo\u2019shin saflab, Astrobodga otlandi. Mir Alisher u bilan birga ketdi. Ota va o\u2019g&#8217;il o\u2019rtasida begunoh nabira xuni turgani uchun ham qilichlar muhovarasi qattiq va ayovsiz bo\u2019lmog\u2019i ma\u2019lum edi. Mir Alisher xuroson saltanatini parchalanishdn saqlab qolishni o\u2019z burchi sanar, garchi uzilgan ipni qayta ulab bo\u2019lmasligini anglasada, ota bilan o\u2019g&#8217;ilning buzilgan munosabatlarini tiklamoqqa zo\u2019r berib urinardi. Sulton Husayn ham butun umidini bu gal qilichiga emas, do\u2019stining tadbirkorligiga bog\u2019langanini, ochiq-oydin bo\u2019lmasa-da, nozik ishoralar bilan bildirishga harakat qilardi. Mana shu sababdan ham Mir Alisher Badiuzzamon mirzo huzuriga elchilikka bordi. U mirzodan ota amriga quloq solishni tiladi. Xuddi oldingi \u2013 Mo\u2019min mirzo o\u2019ldirilishidan avval yuz bergan isyon paytida nima degan bo\u2019lsa, o\u2019shani takrorladi. Ammo qancha urinmasin, mirzo tavba qilishdan bor tortdi. U Mir Alisher qattiq tikilib: \u00abMavlono, men, sizni otamdan ortuqroq ko\u2019raman, o\u2019g&#8217;lim esa sizni mendan ortiqroq suyardi. Xo\u2019sh, qani ayting-chi, ota degan farzandini tiriklayin o\u2019ldiradimi?\u00bb \u2013 dedi. Keksa shoirning ko\u2019zidan yosh tirqiradi, u mirzo nimaga ishora qilganini angladi. Keyin bazo\u2019r o\u2019zini o\u2019nglab. \u00abMirzo, bu gaplarni unuting\u00bb, \u2013 dedi. \u00abQaysi so\u2019zlarni?\u00bb \u2013 dedi badiuzzamon mirzo. Mir Alisher ortiq o\u2019zini tutib turolmadi, ho\u2019ngrab yig\u2019lab yubordi. Uning ahvolini ko\u2019rib, Badiuzzamon mirzoning ham ko\u2019zidan duvva-duvva yosh to\u2019kildi.<\/p>\n<p>Elchi Marvda qarorgoh tutgan Sulton Husayn huzuriga umidsiz qaytgach, bir zamonlar ulug\u2019 Amir Temur ko\u2019ragon tiklagan qudratli saltanatning so\u2019nggi parchasi bo\u2019lmish davlatning tanazzuliga mone bo\u2019lmoq maqsadida podshohga: \u00abFarzandingiz tavba qilishga tayyor\u00bb, \u2013 deb aaytdi, niyatda bor tadbirlarni qo\u2019llab, Badiuzzamon mirzo ko\u2019na oladigan shartlarni qabul etishga podshohni rozi qildi. So\u2019ng qarorgohdagi chodiriga kirib, isyonchi shahzodaga maktub bitdi va o\u2019sha fursatdayoq chopar bilan borib berib yubordi. Ikki kun o\u2019tar-o\u2019tmas Badiuzzamon mirzodan javob keldi. U Mir Alisher maktubida shartlarni qabul qilgani va hademay tavba uchun podshoh huzuriga yetib berajagini bildirgan edi. Voqyealar tadriji mirzoning maktubidagi va\u2019dasini isbotladi. Sulh bitilgach, podshoh Mozandaronga, Mir Alisher esa dorulsaltanatga qaytishni ixtiyor etdilar.<\/p>\n<p>Tongda yo\u2019lga chiqish mahalida shu narsa ma\u2019lum bo\u2019ldiki, qarorgohdagi shoir chodiri to\u2019sinida bir g\u2019urrak uya yasab, tuxum qo\u2019yishga ham ulguribdi. Chodirni yig\u2019ishtirish uchun ruxsat tilab kirgan mulozimlar bu haqda xabar berganlarida, Mir Alisher bu voqyeani ulardan oldinroq sezganini ma\u2019lum qildi. Mulozimlar qo\u2019l qovushtirib, taraddudlanib turganlarini ko\u2019rgach, aytdi: \u00abG\u2019urrak tuxum ochib, polaponlarini uchiriq qilgunga qadar chodir shunday qoldirilsin\u00bb. So\u2019ng u o\u2019z huzuriga Xoja Husayn Baxtiyorni chaqirib kelishini va Xoja kelgach, unga chodirni muhofazalab turishni va g\u2019urrak polaponlarini katta temirqanot qilganidan keyin esa xizmat haqiga bu tengi yo\u2019q chodirni olib ketishni buyurdi. Xoja Hasan Baxtiyor dastlab biroz garangsirab turdi, so\u2019ng birdan ko\u2019zlari chaqnab hazrat sha\u2019niga va uning sahovatiga hamdu-sanolar aytib, uning amrini qabul qildi. Dili xotirjam tortgan Mir Alisher saltanat polaponlari bo\u2019lmish fuqarolarga alloh taolodan inoyat tilab yo\u2019lga tushdi.<\/p>\n<p>Mana, necha yildirki, saltanat osoyishtaligi ham uning chodiri to\u2019siniga uya qo\u2019ygan g\u2019urrak tuxumlaridek omonat. Agar ular muhofaza etilmasa, hirsu havas, zulmu sitam, isyonu gavvo qasridan yerga tushib chilparchin bo\u2019lmog\u2019i shubhasiz.<\/p>\n<p>To hirsu havas xirmani barbod o\u2019lmas,<\/p>\n<p>To nafsu havo kasri baraftod o\u2019lmas,<\/p>\n<p>To zulmu sitam joniga bedod o\u2019lmas,<\/p>\n<p>El shod o\u2019lmas, mamlakat obod o\u2019lmas\u2026<\/p>\n<p>Yo\u2019lda borarkan, Mir Alisher bari-bir qarigan podshoh bilan kuch-g\u2019ayratga to\u2019lgan shahzodalar o\u2019rtasidagi totuvlik muvaqqat ekanini o\u2019ylar, butun umri davomi saltanat ravnaqi deb chekkan zahmatlari qizigan qumga tomgan yomgir tomchisidek benaf ketganidan yurak-bag\u2019ri ezilardi. Shoir bolalik do\u2019stining so\u2019nggi yillarda jangu jadal va ayshu-ishrat qilmoqdan boshi chiqmaganidan norozi edi. Ne fojiakim, mo\u2019ysafid podshohning nomozi peshindan so\u2019ng ichmagan kuni yo\u2019q. Uning bu qilmishi nafaqat o\u2019zining fe\u2019liga, qolaversa, o\u2019g&#8217;lonlari va jami sipohlariga g\u2019ayri ta\u2019sir ko\u2019rsatardi. Bir qultum may dunyoni buzadi deydilar. Mir Alisher \u00abum ul-xobois\u00bb* bo\u2019lmish mayga berilish oqibatlaridan qo\u2019rqardi.<\/p>\n<p>U, o\u2019ttiz yildirki, saltanat ostonasidan tuproq bo\u2019ldi. Do\u2019sti o\u2019tirgan taxt tinchini ko\u2019zladi. Ota avlodi qariyb bir asr mobaynida sadoqat bilan xizmat qilgan temuriylar ravnaqi yo\u2019lida qo\u2019liga qilich olishgacha bordi. Bu xizmatlari evaziga podshoh unga ko\u2019p iltifotlar qildi, oliy martabalar berdi. Ba\u2019zan o\u2019z nazaridan chetlatdi, ammo yana huzuriga chorladi.<\/p>\n<p>Podshohga do\u2019st kishining dushmani ko\u2019p bo\u2019ladi. O\u2019ttiz yildir-ki, bu dushmanlar uni yomon ko\u2019radilar, unga tuhmat qiladilar, bo\u2019hton yog\u2019diradilar. Ammo u pushaymonlik chekmaydi, zero, pushaymonligidan sud yo\u2019qtur. Yo\u2019q, yo\u2019q, u pushaymon emas, chekkan zahmatlaridan rozi. Illo, u har hayot ko\u2019ngilni tangri taolo yodidan g\u2019ofil, musulmonlar dodidan otil qilmadi. Do\u2019stlar fikridan va dushmanlan makridan beparvo bo\u2019lmadi.<\/p>\n<p>Hijriy sakkiz yuz yetmish uchinchi (1469) sanada Sulton Abusaid mirzo Qorabog\u2019da jang maydonida halok bo\u2019lganidn foydalangan Sulton Husayn mirzo Xuroson taxtini egallab oldi. O\u2019shanda Mir Alisher nazarida Sulton Husayndan o\u2019zga bir da\u2019vogar yo\u2019q edikim, bu taxtda u Samarqandda, aniqrog\u2019i, Xoja Jaloliddin Fazlulloh Abullaysiy xonaqohida tariqat suluki ilmini egallash bilan band edi. Xushxabarni eshitgach, do\u2019sti yonida bo\u2019lish zaruratini sezdi va sahovatli Amir Ahmad Hojibek ko\u2019magida Hirotga otlandi. Sulton Husayn mirzoning taxtga o\u2019tirishi sharafiga \u00abQasidai Xiloliya\u00bbni bitdi. Yoki podshoh Mir Alisherni xursandchilik ila kutib oldi va unga oliy iltifotlar ko\u2019rsatdi. Ammo hali podshohlik taxti omonat edi, mana shu omonat taxtni barqaror etish niyatida podshoh bilan tengma-teng mamlakatda tinchlik-osoyishtalik o\u2019rnatish uchun ma\u2019lum muddat qalamini unutdi. Taxt uchun kurash uzoq davom etdi. Birgina Yodgor Muhammad mirzoning o\u2019zi Sulton Abusaid mirzo vorisi sifatida taxtga da\u2019vogarlik qilgan ozmuncha kasofat yetkazlimi? Undan so\u2019ng Sulton Mahmud mirzo, qora kuyunlilar ko\u2019mak bergan Abubakr mirzo bilan bo\u2019lgan janglar-chi? Mana shu jangu-jadallar davomida u hamisha yo do\u2019sti qo\u2019shnida, yo dorulsaltanatni hifz etishda bosh-qosh bo\u2019lardi.<\/p>\n<p>Mana shu zahmatlari tufayli mamlakatda osoyishtalik qaror topdi. Mir Alisher sabab Sulton Husayn Boyqaro saroyida ahli faol va benazir insonlar yig\u2019ildilar. Mana endi farxunda zamon bugunga kelib \u2013 podshoh ham, o\u2019zi ham qariganda shikasta bo\u2019ladiganga o\u2019xshaydi. U do\u2019stini adolatli podshoh bo\u2019lishiga da\u2019vat qildi. Zulm va adolatsizlik bois obod joylar vayron, kabutar oshyonlari boyqushga makon bo\u2019lishini anglatdi. Podshohlar esa zulm va adolatsizlik qilishga ko\u2019proq moyil bo\u2019ladilar. Nohaq qon to\u2019kmoqlik ularning hunari, muddao, toki joni bor odam undan qo\u2019rqsin. Podshohlarning noma\u2019qulchiligi o\u2019zlariga yaxshi ko\u2019rinadi. Qorani oq desa, \u2013 ma\u2019qullamagan gunohkor, qora demaganlarning esa ro\u2019zg\u2019ori qaro bo\u2019ladi. Podshohlarga to\u2019g&#8217;ri so\u2019zni aytganlarning joni xatarda, ezgulikka undaganlarni qatli om kutadi. Ammo u do\u2019st sifatida ham, vazir sifatida ham yomon, iymonsiz bo\u2019lsa fuqaroning holiga voy.<\/p>\n<p>Nafsilamr aytganda, \u00abvazir\u00bb so\u2019zi \u00abvizr\u00bb, ya\u2019ni \u00abgunoh\u00bb so\u2019zdan kelib chiqqan. Moziydan ma\u2019lumki, vazirlar o\u2019z hukmdorlari ko\u2019nglini xushlamoq uchun gunohdan tap tortmaydilar. U esa vazirlikni hukmdor siyosati tufayli yuz bergan gunohlarni bo\u2019yniga olish, ularni bartaraf qilish deb angladi. Shu maqsad yo\u2019lida moziy vazirlaridan biri bo\u2019lmish Osafning uzugiga naqshlangan \u00abInsoflini xudo rahmat qilsin\u00bb degan so\u2019zni shior qildi. Ammo endi qaridi, toldi, toliqdi. Endi u o\u2019zining butun umri davomida orzu qilgani muborak haj safariga ketish muddati yetganini angladi.<\/p>\n<p>Mir\u00a0 Alisher porso va pokdoman kishi edi. Ulug\u2019 martabalar ko\u2019rgan bo\u2019lsa-da, ularning havasiga uchmadi, tariqatga sodiq qoldi. Sulton Husayn mirzoning o\u2019zi bir gal uning porsoligi va tahoratini buzmasligi haqida gapirgan va \u00abBu hazrat dunyoga kelib hayot xilyatini kiyganlaridan buyon etaklariga shahvat chirkini teggizmaganlar, futavvot va jo\u2019mardlik yoqasi la\u2019li tugmasini xotinlar havoyu havasiga tutqizmaganlar\u00bb, \u2013 deb aytgandi.<\/p>\n<p>Mir Alisher yoshligidan boshlab, Mashhadda va Samarqandda saboq olganida ham, hamisha darveshlar suhbatini ixtiyor etdi, hidoyat yo\u2019lida rahnamo mashoyixlar ilmini o\u2019rgandi va har doim bu pokdamonlar guruhiga ixlos va muridlik qadami ila mulozamatda bo\u2019ldi. Astrobod voqyealari tufayli podshoh bilan o\u2019rtalarida tushgan raxna sabab saroydan chetlashganda ham saltanat ishidan etak yig\u2019ishtirib, ibodat va riyozat ahli bilan birla bo\u2019ldi, shu maqsadda Roboti Suhaylda xonanishinlik qildi. Faqirlik va fano yo\u2019lidan ketishga moyil edi, lekin, oradan ko\u2019p vaqt o\u2019tmay, podshoh uni yana saroyga chorladi. Mir Alisher avvalida \u00abMen yo\u2019lim faqirlikda\u00bb deb ko\u2019nmadi. Oxiri bir kuni podshoh butun saroy ahli qoshida \u00abSaltanat ishini tartibga solish sizning ra\u2019yingizga qarab qoldi. Keling, do\u2019stim, qarorsiz qalamingizdan mamlakat barqaror bo\u2019lsin\u00bb, deb aytdi. Nihoyat \u00abBir soatlik adolat oltmish yillik ibodatdan afzal\u00bb, degan so\u2019zga amal qilib, Mir Alisher ko\u2019nishga majbur bo\u2019ldi.<\/p>\n<p>U uzoq vaqt saltanat tashvishlari bilan band bo\u2019lsa ham, ammo hech qachon pok va ulug\u2019 tangrini unutmadi, ayilbotar so\u2019zlar bilan darveshlar dilini ranjitmadi, har bir ishda ixlos va imoni kasb etdi. Shu sababdan ham saltanat ishkalini tuzatish borasida podshohga maslahat berganda, imonni o\u2019rtaga qo\u2019yib so\u2019yladi. Tangri inoyati bois yoshlarga shafqat, do\u2019stlarga karam, kattalarga izzat ko\u2019rsatish yo\u2019rigiga rioya qildi.<\/p>\n<p>Unga podshoh ko\u2019p yer-suv inyom qildi. Ammo u boyishni xayoliga ham keltirmadi, o\u2019z mulkidan tushgan daromaddan xayrli binolar tiklash, madrasalar ahvolini yaxshilash, ma\u2019rifiy kitoblardan nusxa ko\u2019chirish, ilmu toliblarga nafaqa belgilash, muhtojlarga yordam ko\u2019rsatishga, va hatto zarurat tug\u2019ilganda podshohga, lashkarga sarfladi. Mir Alisherning bir kunlik daromadi o\u2019n sakkiz ming shohruhiy dinor edi va u ana shu daromadning hammasini sahovat va himmat ehsoniga aylantirishga urindi.<\/p>\n<p>U hech qachon haqdan qo\u2019rqishni esdan chiqarmadi, boshiga mashaqqatlar tushganda, sabr va chidam bilan allohga sig\u2019indi. Boshqalarni ham shunga da\u2019vat etdi. Shu yo\u2019lda mashoyihu so\u2019fiylar zikrida va suluk yo\u2019llari baynida \u00abNasoim ul-Muhabbat\u00bb, \u00abLison ut-tayr\u00bb kitoblarini bitdi. Fuqaroyu darvishlarning, g\u2019aribu musofirlar gamida turli mavzelarda xonaqohlar, robotlar, hovuzlar, hammomlar va ko\u2019priklar tikladi. Birgina \u00abXolisiya\u00bb xonaqohida har kuni mingdan ziyod miskinga tomoq tarqatiladi, har yili muhtojlarga ikki mingga yaqin po\u2019stin, chakmon, ko\u2019ylak-ishton, taqiya va kovush ulashiladi. Bunaqa xonaqohlar esa necha-necha\u2026<\/p>\n<p>Bundan ikki yil muqaddam Nishopurga borganida, mashoyixlar, shu jumladan o\u2019zi e\u2019tiqod qo\u2019ygan Shayx Farididdin Attor mozori xarobga aylanganini ko\u2019rib, ta\u2019mirlashni buyurdi, shayx qabri ustida yangi xonaqoh tiklatdi. Xirotdagi Marg\u2019ani bog\u2019ida mahobatli bir masjid bino qilib, o\u2019z zamonining atoqli qorilaridan Xoja Hofiz Muhammad Sultonshohni imomlikka tayinladi va o\u2019zi ham u yerda besh vaqt namozga hozir bo\u2019lib, nomozda qoyim bo\u2019lmaganlarni qattiq surishtirdi.<\/p>\n<p>Kunlardan bir kuni Mir Alisher asr nomozi tugagach, mana shu kundalik odatiga qarshi, masjiddan tez chiqib, suryat bilan, biror joyda to\u2019xtamay, xirotliklar \u00abUnsiya\u00bb atagan hovlisiga yetib bordi va hovli to\u2019ridagi binafshazorga qarab qaytdi. Buni ko\u2019rib ko\u2019pchilik hayron qoldi. Xoja Hofiz Muhammad Sultonshoh Mir Alisherdan besaranjomligi sababini surishtirganda, u shunday javob berdi. \u00abMen masjidga kelayotganimda, hovlimdagi binafshazor chetida tahorat olgan edim. Nomoz safida turganimda, yelkamda bir chumoli o\u2019rmalab yurganini ko\u2019rdim. Chumoli tahorat olgan joyda ilashganini angladim.<\/p>\n<p>Mabodo u mening yelkamdan tushib oyoq-osti bo\u2019lsa-yu, ozor topsa, omon qolgan taqdirda ham o\u2019z uyasining yo\u2019lini topolmasa, uvoliga qolman, deb qo\u2019rqdim. Shuning uchun nomozni ado qilishim bilan tezlik bilat tahorat olgan joyimga borib, uni uyasi og\u2019ziga qo\u2019ydim va uvoliga qolishdan qutuldim. Yelkamdan chumoli emas, tog\u2019 ag\u2019darilgandek yengil tortdim, xojam\u00bb.<\/p>\n<p>Bu gapni eshitgan Xoja Hofiz qo\u2019lini duo, dilini rahmat aytishga ochdi\u2026<\/p>\n<p>Mir Alisher Marvdan dorulsaltanatga qaytayotib, yo\u2019l bo\u2019yi o\u2019ylagani to\u2019g&#8217;ri chiqdi. Mamlakatda Badiuzzamon mirzo isyonidan so\u2019ng boshlangan osoyishtalik uzoq cho\u2019zilmadi, bor-yo\u2019g&#8217;i bir yilga yetmay barham topdi. Bu safar Sulton Husayn mirzoning boshqa bir o\u2019g&#8217;li \u2013 Abulmuhsin mirzo g\u2019avg\u2019o boshladi. Sulton Husayn qo\u2019shin bilan yana Marv tomon otlandi. Bu voqyeadan bir muncha vaqt avval Mir Alisher podshohga qayta-qayta murojaat qilib, Ka\u2019ba tavofiga ijozat olishga muvaffaq bo\u2019lgan edi.<\/p>\n<p>Sulton qo\u2019shini dorulsaltanani tark etgach, Mir Alisher muborak safarga chiqish mavridi kelganini, illo, endi bu saltanatda tinchlik, dunyo g\u2019avg\u2019olaridan holilik hech qachon nasib etmasligi bildi. Shu sabab fursatni g\u2019animat bilib yo\u2019lga chiqdi va bir necha kunlardan keyin Mashhadga yetdi. Shaharga yaqinlashib qolganda, yana bir karra podshohning hol-ahvolini surishtirmoq, qolaversa, ijozatni tag\u2019in ham mustahkamlamoq niyatida mavlono Abdulhay Tabibni Sulton Husayn Boyqaro huzuriga \u2013 Marvga jo\u2019natdi. O\u2019zi bo\u2019lsa bir kezlar Imom Rozi maqbarasi yonida yetim va qashshoqlarga tomoq ulashish uchun tkilatgan g\u2019alvurxonada qo\u2019nim topib, javob kutdi. Oradan ko\u2019p o\u2019tmay, Mavlono Abulhay isyonchi Abulmuhsin mirzo bilan jang qilib yurgan Sulton Husayn mirzo qoshidan yetib keldi va podshoh maktubini topshirdi.<\/p>\n<p>Sulton Husayn Boyqaroning Amir Alisherga maktubi:<\/p>\n<p>\u00abSaltanat rukni, mamlakat tayanchi, din va davlat arbobining zubdasti, mulk va millat sohiblarining peshvasi, xayrli binolar muassasi, pokiza ishlarga yo\u2019llangan, hoqoniy davlatning madadkori, sulton hazratning yaqini nizomiddin Amir Alisher janoblariga dutfomuz ko\u2019p duolar va mashq qo\u2019zg\u2019atuvchi salomlar to\u2019plamini yetkazamiz, fayzli muloqotlari orzusi sharq va bayon doirasidan ortiqdir.<\/p>\n<p>So\u2019ngra ravshan ko\u2019ngillariga ma\u2019lum bo\u2019lsinkim, juma kuni \u2013 rajab oyining o\u2019n birida ulug mavlono Abdulhay kelib, sharif mijozlarining kayfiyati, sog\u2019-salomatlik, yaxshi holatlarini yetkazdi. Bundan xabar topish behad shodlikka sabab bo\u2019ldi. Uning yetishuvidan ilgari ko\u2019ngillarida qaror topgan Hijoz tomonga jo\u2019nash to\u2019g&#8217;risidagi xabar og\u2019izma-og\u2019iz kelib turardi, ammo ishonchi kishilardan eshitilmagani uchun ishonarli bo\u2019lmas edi. Lekin o\u2019sha kishi suhbatida Xoja Afzalliddin Muhammadga yozilgan ham mazmunidan ma\u2019lum bo\u2019ldikim, bu kunlarda u tilak mustahkamlanib va yangilanib, jo\u2019nash xayoli jazmga aylangan.<\/p>\n<p>Gap shundaki, hammaga, balki olamga va olam ahliga oshkordirki, ul janob bilan birlik va hamjihatlik bog\u2019lanishi va boglanish aloqasi va hamnafaslikni kichiklikdan to shu kungacha qaysi darajagacha olib borganmiz va olib boramiz. Hamma vaqt va hamma ahvolda ul janobning sharif roziligini o\u2019zimizning muddao va talabalarimizdan ustun bilib, bu jihatni mislsiz davlat dalillaridan sanalik va sanaymiz. Haqiqatan, uning qarshisida ul janobdan davlatxohlik asarlari, ixlos, yaxshi fikrdalik va yaqinlik kabi xislatlar yuzaga kelgan va yuzaga keladi. Bu quyoshdan ham ravshanroq bo\u2019lgani bois tafsil berishning foydasi yo\u2019q. O\u2019zlari biladiki, hech qachon o\u2019rtada takalluf va o\u2019zgalik bo\u2019lmay, hamma vaqt so\u2019z shunday o\u2019tardiki, u saltanat tayanchining xotiriga xayrixohlik va yaxshi fikrlilik yo\u2019li bilan nimaiki kelsa, to\u2019qqiz martagcha uni aytishga ruxsat berilgan edi. Bizning doimo xotiramizga nimaiki kelsa, mehribonlik yuzasidan izhor qilardik. Bu vaqtlarda jazm qilganlari \u2013 savob ishga hijrat qilish niyat ko\u2019ngilga allaqanday ogir tushishiga qaramasdan undan afzal ish tasavvur etilmaydi, ammo u kishining roziligini o\u2019z manfaatimizdan ustun qo\u2019yamiz. Berilgan ruxsat va ijozatdan qaytmaymiz, lekin, nimaiki ko\u2019ngilga kelsa ogohlantirishimiz lozim. Ravshandirki, bu xsusda yo\u2019ltinchligi shartdir. Ma\u2019lum bo\u2019lsinkim, bu kunlarda o\u2019ish bo\u2019lgani iroq va Bag\u2019dodni ahvol qanaqangi parishon va beqarordir. Misr va Shom sarhadlarida ham turli boshboshdoqlik borligi eshitilmoqda. Rivoyat shundaydirkim, agar yo\u2019l xavfi shunday darajaga yetib, kimsaning sababisiz kimsaning beligi qo\u2019l urishi mumkin bo\u2019lsa, yo\u2019lga tushmoq vojib emas. Agar bu kunlarda yo\u2019l xavfidan biror fikr xotirga kelmasa qanday bo\u2019ladi? Chunki o\u2019zlari atardilarkim, yo\u2019llar notinchligi jihatidan bir oz Ufluriy tartib berib, agar zarur bo\u2019lsa, xavfli joyga yetishganda, mulozimlardan har birining yonida o\u2019shandan biroz bo\u2019lish darkor.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yanagap shundaki, bu safarning uzoqqa cho\u2019zilishi ma\u2019lum, umrga ishonch yo\u2019q. Agar yana bir uchrashib xayorlashish qoidasi yuzaga kelsa bo\u2019lardi. Ammo, bu ikki holning bo\u2019lishi bilan birga bu muqaddimalarning yozilishidan shunday qo\u2019rquv ham borkim, mabodo muborak xotiraga andak g\u2019ubor yetishib, garaz bu so\u2019zlardan man etish ekan, degan xayolga boradilarmi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hamisha davlatpanoh yuzasidan nimaiki xotirlariga kelsa, betakadduf gap-so\u2019z qiladilar, bizga ham bu bobda har nima xotirga kelsa, ma\u2019lum qilish lozim ko\u2019rildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Boqiy, to\u2019g&#8217;ri fikrda ixtiyorlidirlar va nimaiki ikki dunyo yaxshiligiga kerak bo\u2019lsa, taqdim qilib turilur. Ikki dunyo saodati yor bo\u2019lsin. Vassalom\u00bb.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Maktubni olgan kishi Mir Alisher mashhad ulug\u2019lari va yo\u2019ldoshlari bilan maslahatlashdi. Ular saltanatning osoyishtaligi uchun Mir Alisherning Hajga borishini kechiktirishni lozim ko\u2019rdilar. Buning ustiga mavlono Abdulhay shahzoda Abu Muhsin mirzo otasi bilan sulh tuzish uchun Mir Alisherning o\u2019rtada vakil bo\u2019lishini shart qilib qo\u2019yganini aytdi. Podshoh bu gapni qog\u2019ozga ishonmay, mavlonodan ayttirib yuborgan edi. Oqibatda Mir Alisher Marvga qarab jo\u2019nadi. U tushgan karvon Mashhad Marvning o\u2019rtasida joylashgan Saraxs kentga yetganda, uni inisi Darvishali kutib oldi. Ertasi kuni Sulton Husaynning ham shu manzilga yaqinlashayotgani ma\u2019lum bo\u2019ldi. Podshoh bilan shoir Bozorg\u2019ontepa o\u2019langida suhbat qurdilar. Podshoh maktubida bitgan so\u2019zlarni yana, qayta takrorladi. Mir Alisher indamay tingladi va podshoh so\u2019zini tugatgach shunday dedi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>-A\u2019lo hazrat, bir paytlar men podsholik ishlarini shug\u2019ullanishdan qo\u2019l tortadigan bo\u2019lsam, Shayx Najmiddin Kubro mozori yoki Xoja Abdulloh Ansoriy maqbarasi ostonasining jo\u2019rubkashi bo\u2019laman, deb aytgan edilar.<\/p>\n<p>&#8211; Shunday Alisherbek. \u2013 dedi Sulton Husayn mirzo xomush tortib, qariyb yigirma yil burun aytgan gapini do\u2019sti unutmaganiga, uning quvvai hofizasiga tahsin o\u2019qigan podshoh birdan sergak tortdi va Mir Alisher muddaosini bilish niyatida gapning davomini kutdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&#8211; O\u2019sha so\u2019zlaringiz sizga muyassar bo\u2019lmog\u2019i bundan so\u2019ng ham mushkul. Ammo shu niyatga yetmoqni istagan mahramingizga Hijoz safariga jo\u2019nashga ijozat bermaysiz. Necha bor ruxsat tiladim, hatto so\u2019nggi marta rag\u2019bat qilganingizda ham ko\u2019nglingizdan xohish alomatini tuymagan edim. Shu bois garchi ixtiyor teggan bo\u2019lsa-da, sizning qoshingizga yana odam yubordim, yana maktub bitib, meni yo\u2019ldan qaytardingiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Podshohning besaranjomlanganini ko\u2019rib, Mir Alisher, buyog\u2019ini eshiting, degandek, qo\u2019lini ko\u2019ksiga qo\u2019ydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&#8211; Bu gaplarni aytishdan maqsad, a\u2019lo hazratga ta\u2019na so\u2019zini arz qilish emas. Illo, tilaganingizdek, maktub bitishingizdan murod safarni man etish ekan, degan xayolga borganim yo\u2019q. Bu gaplarni aytishdan maqsad yana ijozat tilash. Agar ruxsat bersalar, qolgan hayotimni Xoja Abdulloh Ansoriy mozori ostonasini supurishga sarflasam.Yanameni saltanat ishlaridan holi etsangiz, bunday masyuliyatdan ozod bo\u2019lsam. Netayki, qarilik ham xudoning inoyati ekan, so\u2019ngaklarim mo\u2019rt, ko\u2019zlarim benur, ko\u2019ngil esa farog\u2019at tilaydur\u2026<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&#8211; Qaridim, demang, Alisherbek, \u2013 dedi Sulton Husayn. \u2013 Mendan uch yil yoshsiz. Men qaridim desam bo\u2019lar. Ammo, qarangki, qo\u2019limda qilich, chopqillashib yururman. Siz bo\u2019lsangiz\u2026<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&#8211; Qaridim, a\u2019lo hazrat, qaridim, \u2013 dedi Mir Alisher, \u2013 oldingi quvvatim yo\u2019q. Hijoz safari ham so\u2019nggi safarim bo\u2019lmog\u2019ini bo\u2019ynimga olgan edim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&#8211; Mabodo siz Xurosonda qolar ekansiz, har qanday iltimosingizni bajarmoq men uchun farz, \u2013 dedi podshoh. Chunki, bilamizki, siz bu mulkni tark etgansiz, men yolg\u2019iz qolurman. Meni yolg\u2019iz qoldirmangiz. Yoshlikda, kuch-gayrat borida yonimda bo\u2019ldingiz, endi qariganda, bir-birimizni tark etsak, qandoq bo\u2019lur?<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&#8211; Suhbat so\u2019ngida Sulton Husayn Boyqarot keksa shoir ustiga oltin tugmali, avrasi zarbof qora qunduzi po\u2019stin va yana bir necha qimmatbaho to\u2019nlar yopdi. Bir necha kundan so\u2019ng Mir Alisher ota ila o\u2019g&#8217;ilni yarashtirish ishlarini ado etgach, podshohning ijozati bilan dorulsaltanaga yo\u2019l oldi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>U Hirotga sha\u2019bon oyining o\u2019rtalarida yetib keldi. Malikulshuaroning qaytayotganidan xabar topgan poytaxt ahlining quvonchi behad, shahar darvozasidan to Unsiyagacha tumonat odam peshvoz chiqqan edi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qaytganiga bir hafta bo\u2019lar-bulmas, Mir Alisher Xoj Ansoriy mozori poyida katta yigin qilib, shahar ulug\u2019larini chorladi va ulardan qutlug\u2019 dargoh jo\u2019rubkashi bo\u2019lishdek, mo\u2019tabar vazifa uchun fotiha berishlarini tiladi. \u00abMen mundin so\u2019ng darvishlik va go\u2019shanishinlik bodasida istiqomat qilishni ixtiyor etdim\u00bb, \u2013 dedi u. O\u2019sha kuni shunday ulug\u2019 majlis bo\u2019ldiki, saltanat boshida turgan Muboriziddin Muhammad Valibek kabi amirlar mozorda yig\u2019ilgan ulamolar xizmatida oyoqda qoldilar. Yetmish qo\u2019y, yigirma besh ot so\u2019yildi va ulamolar botmon qand va yana chandon noz-ne\u2019matlar o\u2019rtaga tortildi. Majlis so\u2019ngida mashoyixlar Mir Alisherga fotiha berdilar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2019sha majlisdan ko\u2019p vaqt o\u2019tmay, Mir Alisherni dorulsaltanatga jo\u2019natib, sher ovlash havzasida Mozandaron tomonga yo\u2019llangan podshohdan farmon keldi. Farmon saltanat poytaxtida hukm yurgizgan Amir Valibek nomiga bitilib, unda tez orada Hirot va uning atrofidagi aholidan zarur harajatlar uchun yuz ming dinor undirish buyurilgan edi. Amir Valibek talab qilingan mablag\u2019ning yarmini shahar yon-tevaragidagi dehqonlardan undirib, qolganini poytaxt nufuzi gardaniga yuklashni mo\u2019ljalladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ammo Amir Valibek hech bir ishga Mir Alisher fikrisiz va maslahatisiz dahl qilmas edi. Shu sabab o\u2019z mo\u2019ljalini shoirga ma\u2019lum qoldi. Mir Alisher \u00abBu fursatda xalq ustiga o\u2019rinsiz soliq solishni oliy darajali Sohibqiron davlatiga munosib ko\u2019rmayman\u00bb\u00bb \u2013 dedi va o\u2019sha kuniyoq mazkur mablag\u2019ni o\u2019ining daromadidan to\u2019ladi. Uning bu sahovatini eshitib, shahar ahli ulug\u2019 kishilarni vakil qilib yubordilar. Shoir vakillarning minnatdorchiligini qabul qilarkan, \u00abHaj safari azimati ila chiqqan yo\u2019lidan qaytarildim\u00bb. Ammo bu yo\u2019ldan qaytganim ila, elimga karam qilish yo\u2019lidadurman\u00bb, \u2013 dedi va so\u2019zini bayot bilan tugatdi:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xush ulkim, anga lutf birla xudo,<\/p>\n<p>Ulusning qabulini qildi ato\u2026<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mir Alisher Ansoriya mozorining sharq tomonida bir honaqox\u00a0 qurilishini boshladi, chor-tarof obodonchiligi xayolida bo\u2019ldi. Xoli qolgan kezlari goh Xojaning qalamiga mansub \u00abIlohiynoma\u00bb risolasini mutolaa qilar, goh \u00abVaqifiya\u00bbni qoralash ila band bo\u2019lardi. Ammo saltanatdagi notinchlik bu ulug va saob ishlarga andarmon Ansoriya jo\u2019rabkashiga orom bermasdi. Podshoh deyarli poytaxtda bo\u2019lmas, damba-dam ko\u2019tarilayotgan isyonlarni daf etish bilan ovora edi. U qo\u2019rqib qolgan, shu qo\u2019rquv bois hatto eng yaqin kishilariga ham shubha bilan qarardi. Kutilmaganda u Mir Alisherning inisi Darvishalini Balx hokimligidan bo\u2019shatdi. Ketma-ket Astrabod voqyealaridan so\u2019ng darveshlik ridosini kiygan tog\u2019avachchasi Mir Haydar podshohga nisbatan xiyonatda \u2013 Qunduz hukmdori Xusravshohni Hiriy ustiga bosqin qilishga chorlashda ayblanib o\u2019ldirildi. Bundan darak topgan Mir Alisher ich-ichidan o\u2019rtadi, o\u2019z mulozimlarini yuborib, Haydarning jasadini keltirib Chashman Mohiyona dafn ettirdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bu fojeali voqyealar Mir Alisher ko\u2019nglida hali so\u2019nib ulgurmagan hajga borish, paygambar qabrini tavof qilish hayolini qayta kuchaytirdi. U yana Sulton Husayn Boyqaroga murojaat qilib, istijoza tiladi. Podshoh bu murojaatga undagan sabablarni bilsa-da, o\u2019zini bilmaganga olib, goh ruxsat berar, goh Ansoriyaga tashrif buyurib, safarga oshiqmaslikni iltimos qilardi. Bu hol bir nech marta takrorlangach, Mir Alisherning qarori araz va ranj bois bo\u2019lmay, balki qatyiyat tufayli ekanini bilgach, podshoh ijozat berdi va yo\u2019l farmonini marhamat qilishini aytdi. Mir Alisher bir necha kundan so\u2019ng farmon bitilganini eshitdi. Ammo podoh \u00abBiroz sabr qiling\u00bb, zamon notinch, yo\u2019llar xatarli\u00bb, degan bahonalar ila yo\u2019l farmonini berishni har gal kechiktirardi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Chindan zamon notinch edi. Daryo nariyog\u2019ida \u2013 Movarounnahrda ko\u2019chmanchi o\u2019zbeklar xoni Shayboqxon ketma-ket galabalar qozonib, kuchga to\u2019lib kelardi. Bunday raqib oldida temuriy hukmdorlar birlashish o\u2019rniga bir-birining go\u2019shtini yeyish bilan ovora. Shahzoda Abulmuhsin mirzo o\u2019zbeklar bilan Qorako\u2019lda jang qilib, yengilib kelganidan beri Sulton Husayn mirzoning ko\u2019ngli ham alag\u2019da.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mir Alisher shu kunlarda Sohibqiron Amir temur poytaxti \u2013 Samarqandi bemonandni qo\u2019lga kiritish uchun Shayboqxon bilan jang qilib yurgan Sulton Abdusaidning evarasi Bobur mirzo haqida ko\u2019r hikoyalar eshitdi. Samarqandda bo\u2019lganida ko\u2019p marhamatlar ko\u2019rsatgan Ahmad Hojibekdek pokdoman bir kishi shu mirzoning tarafida bo\u2019lib, bundan bir necha muddat avval jangda shahid ketganini bilib o\u2019kindi, yosh mirzoga xudodan inoyatlar tiladi. Xususan, yosh mirzo bitgan turkona baytlar og\u2019izma-og\u2019iz ko\u2019chib, uning qulog\u2019iga ham yetgach, ixlosi yana oshdi. G\u2019azal piri bo\u2019lmish Mir Alisher bu baytlarda jobajo mahzunlik va dilovarlikni tuyib, tahsinlar o\u2019qidi. Mehri jo\u2019shib, bir gal yarim tungacha o\u2019tirib, Bobur mirzoga maktub bitdib va o\u2019zining sodiq kishinisi orqali Samarqandga jo\u2019natdi. Maktub egasiga yetdimi, bilmaydi. U har gal yosh mirzo haqida o\u2019ylarkan, ko\u2019ksiga iliqlik yugurardi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Nihoyat, bahor so\u2019ngida qishda bitilgan yo\u2019l farmoni qo\u2019lga yetdi. Farmonning muxtasar mazmuni mana bunday edi:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mir Alisher Sulton Husayn xonadoniga yaqin turgan emukdosh bu davlatning asosiy tayanchi va sultonning eng yaqin va sodiq do\u2019sti hamda doimiy suhbatdoshidir. Shu kunlarda u kishi hajga borish istagini bildirib, podshodan jo\u2019nashga ruxsat so\u2019ragan. Agarchi bir necha bor bu niyatni bildirib iltimos qilinsa ham har gal fuqarolar manfaatiga bog\u2019liq sabablar ko\u2019rsatilib, iltimos amalga oshmay to\u2019xtatilar edi. Bu gal Amirning xotirini saqlab ijozat berib, hukm joriy qilinganki, hajga yurishda u kishi qaysi joyga borsa, har yerda hamma katta-kichik zo\u2019r ehtirom ila kutib olib, kuzatsinlar. Xatarli manzillarda o\u2019ziga va hamrohlariga yo\u2019l ko\u2019rsatib, bekatdan-bekatga tinch va salomat o\u2019tkazib qo\u2019ysinlar. Hamma amirlar, dorug\u2019alar, a\u2019yon va ashrof, barcha shahzodalar va umum aholi bu hukm ijrosidan chekinmasinlar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ushbu farmon podshoh amri ila 90 yil, hul-qa\u2019da oyining beshinchisida yozilgan\u00bb.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Farmon qo\u2019lga tegishi bilan boshlangan tayyorgarlik ko\u2019p o\u2019tmay to\u2019xtadi. Chunki, yoz boshlangani tufayli harorat kuchayib, bepoyon sahroyu dashtlar orqali o\u2019tadigan yo\u2019l g\u2019oyatda mashaqqatli bo\u2019lishi oydinlashdi. Safar kuz boshigacha kechiktirildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Taqdir taqozosi bilan voqyealar yana qayta takrorlana boshladi. Ayni shu yoz kunlari \u2013 muharram oyining boshida (100 yil iyulida) podshohning kichik o\u2019gillaridan \u2013 Muhammad Husayn mirzo otasiga qarshi ko\u2019tarildi. Keksa podshoh yana dorulsaltanatni tark etib, shahzoda ustiga \u2013 Astrobodga yurish qildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sal ilgariroq Sulton Husayn Boyqaro Mir Alisherni o\u2019z qoshiga chorladi. Shoir qabulxonaga tashrif buyurganda, podshoh Amir Valibek bilan suhbatlashib o\u2019tirardi.<\/p>\n<p>&#8211; Yana Astrobodda isyon, \u2013 dedi podshoh, \u2013 yana farzand isyoni\u2026<\/p>\n<p>&#8211; Astrobod ham, farzandingiz ham ko\u2019zingizdan yiroq, shul sabab qo\u2019rquvni unutarlar, \u2013 dedi Amir Valibek.<\/p>\n<p>&#8211; Yo\u2019q, janob Valibek, ular mehrini, oqibatni unutarlar, \u2013 dedi qatyiyat bilan shoir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ular uzoq kengashdi. Podshoh, Mir Alisherga haj safariga ruxsat va yo\u2019l farmonini berganini unutgandek, suhbat nihoyasida dorulsaltanat ixtiyorini do\u2019sti va Amir Valibekka qoldirajagini ma\u2019lum qildi. Mir Alisher bunga javoban hech nima demadi. Podshoh maktabdosh do\u2019stining ko\u2019zlariga qaramaslikka harakat qilib xayrlashdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Dastlabki kunlar Mr Alisher tadbirkor Amir Valibek bilan birga bo\u2019ldi, saroydagi mashvaratlarda qatnashdi. Ammo bir haftadan so\u2019ng qo\u2019li ishga bormay qoldi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Podshoh iltimosi yodida bo\u2019lsa-da, Mir Alisherning ortiq toqati qolmagandi. U Hijoz safariga tayyorgarlikni tezlashtirdi. Podshoh Hirotni tark etganidan ikki hafta o\u2019tar-o\u2019tmas \u2013 muharram oyinng oxirida yo\u2019lga tushdilar. Biroq shahardan chiqqan karvon yo\u2019lini tashvishli xabar to\u2019sdi. Otasining Astrobod taraflardaligidan foydalanib, saltanat taxtini egallash orzusida yurgan Badiuzzamon mirzo Hirot ustiga qo\u2019shin boshlab kelayotganmish. Lak-lak navkar Xuroson ahliga xavf solayotganidan tashvishga tushgan keksa shoir yana orqaga qaytdi. Zero, u mabodo poytaxt Badiuzzamon qo\u2019liga o\u2019tgudayin bo\u2019lsa chorshanba kuni chiqib ketgan shaharga payshanba kuni qaytib kirdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ertasi kuni masjidi jome\u2019da juma namozida so\u2019ng mashoyix va ulamolardan Shayx Jalliddin Abusaid Nuroniy, Shayxulislom Sayfiddin Ahmad Taftazoniy, Shayx So\u2019fi Ali, Mavlono Muiniddin Farohiy, Mavlono Kamoliddin Koshifiy, Xoja Imomiddin Abdulaziz Abxariy, sayid va naqiblardan Amir Qivomiddin Husayn Mozandaroniy, Amir Jaloliddin Ataulloh Asiliy, Amir Nizomiddin Abdulqodir va boshqa bir qator Hirot shahri ayo\u2019nlari , ashrofu raislari Mir Alisherni o\u2019rtaga oldilar. Hirot shahri mudofaasi topshirilgan Amir Valibek ham shu yerda edi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&#8211; Sizning fayz-barakali zotingiz Xuroson mulki dahlsizligining sababi va fuqaro osoyishtaligining boisidir, \u2013 deb gapni uzoqdan boshladi shayxulislom.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&#8211; Bizning barchamiz sizga muborak safarga fatvo bergan edik. Illo, oyati mo\u2019minlarga hajni farz etdi. Kimki buni inkor etsa, gunohi o\u2019zigadir. Bas, alloh taolo barcha olamdin behojatdir\u00bb, deyilmish. Buga imon keltiramiz. Sizni yo\u2019ldan qoldirish gunoh, ammo sizdan biroz sabr qilishni tilash uzrli. Rasululloh sannollohu alayhi vasallam muborak hadislarining birida. \u00abVijdonning amriga quloq sol! Ezgulik shunday narsaki, undan qalb ham, vijdon ham orom oladi. Gunoh ish shulki, undan qalb qaror topmaydi, vijdon azoblanadi. Kishilar fatvo bersalar ham sen o\u2019z vijdoningdan fatvo so\u2019ra!\u00bb demishlar Saltanat va fuqaro xotirjamligi haqi vijdoningizdan Makka azimatini bir muddat kechiktirishga fatvo tilashingizni o\u2019tinamiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&#8211; Hazrat risolat. \u00abSenga omonat qilingan narsang egasiga topshir, xiyonat qilgan kishiga xiyonat qilma\u00bb, demishlar, \u2013 dedi kuni bilan muofaa tayyorligiga bosh-qosh bo\u2019lib, baqiriq-chaqiriqdan ovozi bo\u2019g&#8217;ilib qolgan Amir Valibek, \u2013 Sohibqiron sizu menga dorulsaltanatni omonatga qoldirgan edilar. Sabr qiling, podshoh hazratlari qaytsinlar, omonatlarini eson-omon topshiraylik, so\u2019ng yana muborak yo\u2019lga otlanursiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&#8211; Bul zamon Hirot Sultoni Sohibqiron vujudidan holidir, \u2013 dedi Amir Valibekning gapi Mir Alisherga qattiq botganini payqagan, shoirning mijozi juda nozikligini yaxshi bilgan Mavlono Kamoliddin Koshifiy. \u2013 Agar poytaxt sizning fayzli nuringizdan ham chetda qolsa, mumkinki, fitnayu galayonlar boshlanuv, saltanat tadoruki imkonsiz qolur\u2026<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&#8211; Fahmingiz yetgondur, Samarqand taxti o\u2019zbek podshohi Shayboqxon qo\u2019liga o\u2019tmish. Endi uning Amudan o\u2019tish xohishi bor derlar. Siz niyat qilgan muborak safar yo\u2019llari ham bagoyat xavfli bo\u2019lmishdur. Iroqu Shomdayam, Rumdayam, parishonlik. Illo, shariat yuzasidan bunday vaqtlarda haj vojib emas, \u2013 Shayxulislom shunday deb, to\u2019g&#8217;rimi, degandek Shayx nuroniy tikildi. U ma\u2019qullab bosh chayqagandan so\u2019ng so\u2019zida davom etdi. \u2013 Biz faqirlarning iltimosiga quloq berib, bu yil safar niyatidan qayting.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&#8211; Notinch fuqaroga bosh bo\u2019ling, \u2013 dedi Amir Qivomiddin Mezondaroniy, \u2013 bu xayrli ish sabovini yetmish poyu-piyoda hajdan ortuq ko\u2019rsinlar. Illo, o\u2019zlari aytganlaridek:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kimki bir ko\u2019ngli buzug\u2019ning xotirin shod aylagay,<\/p>\n<p>Oncha borkim, Ka\u2019ba vayron bo\u2019lsa, obod aylagan\u2026<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mir Alisher davradagilar so\u2019zini indamay tingladi. O\u2019rtada sukut cho\u2019kkach, sekin bosh ko\u2019tarib, ma\u2019yus ovozda so\u2019zladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&#8211; Hammangizga ma\u2019lumdirki, uzoq muddatdan buyon Makka azimati orzusidaman. Bu niyat hazrati Mahdumi Nuran*** Ka\u2019bani tavof etib qaytgan kundan xotiramga tinchlik bermaydir\u2026<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>U shunday dedi-yu, ko\u2019z o\u2019ngida bunday bir necha yillar avval ustozi safardan qaytgan damlar jonlandi. O\u2019shanda Mir Alisherning boshiga ogir kunlar tushgan, birodari Darvishali podshohga qarshi isyon ko\u2019tarib, hukmdor bilan uning o\u2019rtasidagi yaqinlik omonat bo\u2019lib qolgan edi. Birodari Balxda hokim edi. U Og\u2019zi kuymasa, olovni yutadigan Majiddinning Mir Alisherga qilgan badniyat hatti-harakatlaridan norozi bo\u2019lib bosh ko\u2019targan edi. Sulton Husayn bundan g\u2019oyat qattiq g\u2019azabda, bu g\u2019azab ukadan ko\u2019ra ko\u2019proq akaga qaratilganini sezgan saroydagi ayrim kimsalar, birinchi navbatda vazir Majiddinning o\u2019zi bo\u2019xton ustiga yog\u2019dirardilar. Ular ochiqdan-ochiq \u00abBu xiyonatda Mir Alisherning qo\u2019li borligi aniq, ogasining maslahatisiz Darvishali bu yo\u2019lga kirishga haddi sig\u2019masdi\u00bb, derdilar. Sulton Husayn isyonkor hokim ustiga qo\u2019shin tortib borarkan, oldinroq Xoja Giyosiddinni jo\u2019natib, tavba talab qildi. Mir Alisherning gapiga kirib, Darvishali tavba qilib keldi. Darvishalini dastlab kechirgan podshoh, oradan olti oy vaqt o\u2019tmay, kelib-kelib Mir Alisherga uni Balx shahri qalyasiga qamashga buyurdi. Tahqirlangan shoir necha marta azm qilgan ishi \u2013 saltanat tashvishidan etak yigishtirgan ustozi surishtirib qoldi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&#8211; Bir gap eshitdim, boisi ne erur?<\/p>\n<p>&#8211; Inson jinsi suhbatidan bezdim, hazrat, boisi shuldir, dedi Mir Alisher.<\/p>\n<p>Jomiy unga bir muddat o\u2019ychan boqdi-da:<\/p>\n<p>&#8211; Sen inson deb kimlarni xayol qilding, qani, ularni bizga ko\u2019rsat-chi? \u2013 dedi.<\/p>\n<p>O\u2019shanda saroy hayotidan chetlatgani uchun tanbeh kutgan Mir Alisher bu gapni eshitib, xotirjam bo\u2019lgan edi. Mana, sakkiz yildan oshdiki, ustozi yo\u2019q, do\u2019sti yo\u2019q. Mana, sakkiz yildirki, uning dil ragbatini tinglaydigan inson yo\u2019q\u2026<\/p>\n<p>Uning gurung asnosida birdan qattiq xayol surib qolishiga o\u2019rgangan davradagilar sukut saqlashardi. Mir Alisherning bu odati Hiriydagi har bir kishiga ma\u2019lum edi. Shogirdi bo\u2019lmish Xondamirning \u00abAmir bunday damlarda bizni zaminda qoldirib, samovotdagilar bilan suhbat quradilar\u00bb,\u00a0 degan so\u2019zi mashhur edi.<\/p>\n<p>Mir Alisherning qaytib yerga tushganini sezgan davradagilar bir-birlariga qarab olishdi. Shoir gapni kelgan joyidan boshladi:<\/p>\n<p>&#8211; Ha, bu niyat hazrati Mahdumi Nuran muborak safardan qaytgan damdan xotiramga tinchlik bermaydir. Ammo har safar shu maqsad tomonga yo\u2019nalish niyatida hozirlik ko\u2019ra boshlasam, Sohibqiron mone\u2019 bo\u2019ldilar. Har safar bu monedan ranjimay, bo\u2019ynimni egdim. Bul safar o\u2019zlari yo\u2019l farmoniki berdilar, o\u2019zimiz ham safar tadoriki uchun katta mablag\u2019 sarfladik\u2026<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shunday bo\u2019lsa-da, \u00abMo\u00bbminlar qalbiga shodlik kiritish butun insonlar ibodatidan xayrlidir\u00bb, degan so\u2019z mulohazasi bilan sizdek uluglar iltimosini qabul qilurmiz va fuqarolar manfaati uchun bu navbat ham o\u2019zimizni bu istakdan qaytarurmiz.<\/p>\n<p>Davradagilar xursand bo\u2019lib, duo va hamdu-sano aytishga og\u2019iz ochdilar. So\u2019ng poytaxt mudofaasini uyushtirish borasida zarur tadbirlar maslahati bo\u2019ldi. Eng avvalo Badiuzzamon mirzo huzuriga elchi jo\u2019natish ma\u2019qul deb topildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ertasi kuni elchi yo\u2019lga chiqdi. Badiuzzamon mirzo elchiga \u00abAgar otamiz Sohibqiron Sulton Balh viloyati va Amudaryodan Murg\u2019obgacha bo\u2019lgan joylarni mening iligimga topshirsalar, nomimiz xutbada tilga olinsa, qo\u2019limizga qilich tutmasmiz\u00bb, \u2013 dedi. Bu orada jadal yo\u2019l bosgan Sulton Husayn mirzo qo\u2019shini ham dorulsaltanatga yaqinlashib qolgan edi. Ammo podshoh qo\u2019shini mirzo qo\u2019shiniga qaraganda juda oz edi. Vujud uchun sog\u2019lom ko\u2019ngil zarur bo\u2019lganidek, mulk uchun soglom podshoh kerak. Sulton Husayn Boyqaro\u00a0 esa aslan iligi yo\u2019q va kuchli vujudini may ichish ila erta qaritgan edi. Garchi u bir yilcha burun Mir Alisherbekka. \u00abHali qilich chopqillashga zo\u2019rman\u00bb, deb maqtangan bo\u2019lsa-da, qarilikning ham dami qattiq deganlaridek, oradan o\u2019tgan vaqt o\u2019z ishini qilgan, endi podshoh bundan buyog\u2019i uchqur va o\u2019ynoqi tulporda minib jang qilishga yaramas, Hirotga ham taxtiravonga kelgan edi. Shu paytgacha Badiuzzamon mirzo necha marta unga qarshi bosh ko\u2019targan bo\u2019lsa, har safar Sulton Husayn o\u2019g&#8217;lining tazirini boplab berib qo\u2019ydi. Mana endi otasining qarilik zaifligini o\u2019z yigitlik kuchin-qudrati deb bilib, Hirot darvozalariga qadar qo\u2019shin tortib kelishga juryat qildi. Sulton Husayn Boyqaro na podshohlikka, na sarkardalikka qobiliyat bo\u2019lgan to\u2019ng\u2019ich o\u2019g&#8217;lini bundan so\u2019ng qilich zo\u2019ri bilan yengmog\u2019i mushkulligini botinan anglardi. Shu bois Mir Alisher bergan maslahatga quloq solib, Badiuzzamon tilagan viloyatlarni berishga majbur bo\u2019ldi. Saltanatning deyarli yarmi iligiga o\u2019tgan Badiuzzamon mirzo endi qariyb podshoh edi, xutbada otasi bilan bir qatorda uning nomi ham yodlana boshladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ammo hali shahzoda Muhammad Husayn mirzo g\u2019avg\u2019osi tinchimagan edi. Otasi ogasiga qilgan marhamatini ojizlik deb bilgan shahzoda aql jilovini yo\u2019qotib qo\u2019ydi. Oldingi gal podshoh poytaxt tashvishida uning isyonini daf etolmay, qaytib ketishga majbur bo\u2019lgan edi. Alamzada Sulton Husayn Boyqaro yana Astrobodga qarab jo\u2019nadi. Shahzoda otasining juda qattiq g\u2019azabga to\u2019lib kelayotganini na og\u2019asi Badiuzzamon mirzoga bo\u2019lgan alamini ham undan olajagini anglab, qo\u2019rqib ketdi. Birinchi to\u2019qnashuvdanoq, ahvoli chatoq bo\u2019lishini sezgan shahzodaga otasi huzuriga elchi jo\u2019natib, tavba qildi. Sulh xabarini eshitgan Mir Alisher Navoiy ham yosh boladek quvondi. Koshki, bu so\u2019nggi isyon bo\u2019lsa-yu, saltanatda xotirjamlik cho\u2019ksa. Yo\u2019llar tinch, xavf-xatarsiz, shaharlar farxunda va to\u2019q, fuqarolar hamjihat bo\u2019lsa\u2026<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qari shoir ushalmagan orzusini o\u2019yladi. Nahotki, orzusi armonga aylansa? Endi haj azimati qilmoqqa so\u2019nggi kunlar battar yomonlashgan sog\u2019ligi yo\u2019l bermasligini angladi. Angladi-yu, Makkaga borurmiz, deb umid tizginini uning eshigiga ilganlar, unga hamroh bo\u2019lish maqsadida taraddud ko\u2019rib yurgan faqiru-bechoralar haj yo\u2019liga ochrlab, butun harajatni o\u2019z ustiga olishni bildirdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bir necha kundan keyin Hirotdan chiqqan karvon Nishopur yo\u2019li orqali mag\u2019rib tomon yo\u2019naldi, karvon boshida yo\u2019rgalab borayotgan eshakka mingan Xazon laqabi qari darvesh shahar darvozasidan chiqqach, to\u2019xtab hazrati Mir Alisher haqida uzoq duo qildi-da, so\u2019ng shoirning muborak safar ishqida bitgan baytlarini ishtiyoq bilan kuchlab yo\u2019lga tushdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Menikim, bu savdo nizor ayladi,<\/p>\n<p>Havas ilgida beqaror ayladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ne imonki, topqay qaroru sukun,<\/p>\n<p>Birovki, bu fikr etgay oni zabun.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Urarman qadam toki borguncha gom,<\/p>\n<p>Ki, bo\u2019lgay, muyasssar menga ushbu kom.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Agar bo\u2019lsa bu yo\u2019lda umrum talaf,<\/p>\n<p>Chubu yo\u2019ldadir ul ham erur sharaf.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Va gar bo\u2019lsam o\u2019z nomima bahramand,<\/p>\n<p>Zihi mulki jovidu baxti baland\u2026<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Karvonni kuzatishga chiqqan Mir Alisher shahar darvozasiga yetdi-yu, ortiga qaytdi. U go\u2019yo shahar darvozasidan chiqsa, o\u2019zini to\u2019xtata olmay karvonga qo\u2019shilib ketadigandek holatda edi. U mahzun kayfiyatda Unsiyaga qaytdi va \u00abBaqfiya\u00bbni varaqlab, ko\u2019ngil bayoni bitilgan satrlarni shivirlab o\u2019qiy boshladi. \u00abEmdikim hayotim gulshanining bahori xazonga yetishdi va gulshanda ochilg\u2019on yigitlik gullari to\u2019kila kirishti. Savzasi tabiat havosi burudatidan oqarli va lolasi quhulat sovuq nafaslaridan sargardi, sunbuli serobi marg\u2019ulalaridan tob ketti va niholi sarbalandi ajal sarsaridan fano tufrog\u2019iga yiqilurg\u2019a yetti. Ul hazratning 1 muabbad davlatidan va ra\u2019fe himmatidan ko\u2019nglumga kechmagan komlarga komgor bo\u2019lubman va tushimga kirmagan maqosidga iqtidor topibman. Ikki orzu rishtasidan o\u2019zgakim, girihi ko\u2019nglum pardasidin yechilmadim va ikki murg\u2019unchasidin o\u2019zgakim, tuguni jonim gulshanidin ochilmadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ammo umidim uldurkim, bu ikki umidim mevasidin dog\u2019i borumand va murodim budurkim, bu ikki murodim gavharidin dog\u2019i sarbaland bo\u2019lgayman va bu orzumandlig xor-xorining tikani ko\u2019nglumda sinmagay va bu murod gavharining yog\u2019ini qatradek tufroqqa eltgaymen\u2026<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u2026Bu mazkur bo\u2019lg\u2019on ikki orzudin biri muborak safardurur\u2026\u00bb<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu satrga yetdi-yu, Mir Alisherning bo\u2019g&#8217;ziga tosh tiqilgandek bo\u2019ldi, beixtiyor ko\u2019zlari namlandi. E voh, bu orzusi armonga aylandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Navoiy, Ka\u2019ba zikrin qo\u2019yki, bir dayri fano istab<\/p>\n<p>Zohabno vodiyal \u2013 maqsad, vojadno mohuvan \u2013 maqsud\u2026<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Botn va alamli o\u2019yga botgan keksa shoir Shayx Mo\u2019min Sheroziy haqida bitilgan rivoyatni esladi. Emishkim, Ismoil Dobbos ismlik kishi haj niyatida yo\u2019lga chiqib, Sherozga yetmish. Bir masjidga kirsa, Shayx Mo\u2019min Sheroziy hirqasini yamab o\u2019tirganmish. Ismoil Dobbos unga salom berib, hol-ahvol surishtirgan ekan, Shayx Mo\u2019min. \u00abNe niyating bor!\u00bb \u2013 deb so\u2019rabdi Ismoil Dobbos. \u00abHaj niyatim bor!\u00bb deb javob beribdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mo\u2019min yana so\u2019rabdi \u00abOnang bormi?\u00bb. \u00abOnam bor\u00bb, \u2013 debdi Ismoil Dobbos. Bu javobni eshitgach, Shayx Mo\u2019min Sheroziy qo\u2019lidagi xirqasini chetga qo\u2019yib, aytibdi. \u00abOnang huzuriga bor, unga mulozamat qil!\u00bb. Bu so\u2019zi suhbatdoshiga yoqmaganini payqab, yana aytibdi. \u00abSo\u2019zim yoqmadimi, ey, Ismoil Dobbos! Men ellik marotaba bosh yalangu, oyoqyalang, biror-bir hamrohsiz haj qildim. Mana shu hajlarim savobini senga berdim. Sen onang ko\u2019ngli shodlini menga ber!\u00bb<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mir Alisher har gal bu rivoyatni eslar ekan, ko\u2019ksi qalqib ketardi. Bu gal ham shunday bo\u2019ldi. \u00abBechora onam tirik bo\u2019lsayki, mulozamat qilib, ko\u2019nglini shod etsam\u00bb, \u2013 deb o\u2019ylardi u. Ammo nogohoniy bir fikr dilini ravshan etdi. \u00abYo\u2019q, yo\u2019q, mening onam bor. Onam menga til va dil bergan turkiy xalqim, shu ulug\u2019 millatim. Koshki uning dilini shod etsam, umrim bitguncha uning xizmatida bo\u2019lsam\u2026\u00bb<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Xurshid Do`stmuhammad<\/strong><\/p>\n<p>1990<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shahzoda Mo\u2019min mirzo o\u2019ldirilgan hijriy to\u2019qqiz yuz uchinchi yilning safar oyida \u2013 1497 sananing erta bahorida Mir Alisher Navoiy Mashhadda edi. U bir paytlar o\u2019zi saboq olgan bu kentga Imom Rizo maqbarasini ziyorat qilishga borib, yetim-yesirlarga saqat ulashadigan g\u2019alvurxona qurilishini boshlatgan, shu bois, bir oz ushlanib qolgan edi. Navjuvon shahzodaning shafqatsizlarcha qatl etilganini Hirotga qytayotganda <a href=\"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/navoiy-armoni\/\">Batafsil o`qing <span class=\"meta-nav\">&raquo;<\/span><\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-214","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-peoples","author-admin1"],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.6 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>NAVOIY ARMONI - \u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/navoiy-armoni\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"NAVOIY ARMONI - \u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Shahzoda Mo\u2019min mirzo o\u2019ldirilgan hijriy to\u2019qqiz yuz uchinchi yilning safar oyida \u2013 1497 sananing erta bahorida Mir Alisher Navoiy Mashhadda edi. U bir paytlar o\u2019zi saboq olgan bu kentga Imom Rizo maqbarasini ziyorat qilishga borib, yetim-yesirlarga saqat ulashadigan g\u2019alvurxona qurilishini boshlatgan, shu bois, bir oz ushlanib qolgan edi. Navjuvon shahzodaning shafqatsizlarcha qatl etilganini Hirotga qytayotganda Batafsil o`qing &raquo;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/navoiy-armoni\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"\u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2012-02-20T20:07:00+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2014-11-21T11:26:08+00:00\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"admin\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"admin\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"33 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/navoiy-armoni\/\",\"url\":\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/navoiy-armoni\/\",\"name\":\"NAVOIY ARMONI - \u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#website\"},\"datePublished\":\"2012-02-20T20:07:00+00:00\",\"dateModified\":\"2014-11-21T11:26:08+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#\/schema\/person\/a9ee3b9faa9e226bd49c0dc53c259fdc\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/navoiy-armoni\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/navoiy-armoni\/\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/navoiy-armoni\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"NAVOIY ARMONI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#website\",\"url\":\"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/\",\"name\":\"\u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438\",\"description\":\"\u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442 \u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440\u0430 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":{\"@type\":\"PropertyValueSpecification\",\"valueRequired\":true,\"valueName\":\"search_term_string\"}}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#\/schema\/person\/a9ee3b9faa9e226bd49c0dc53c259fdc\",\"name\":\"admin\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/cb9d99344960e29e19b3380722dc7cd9?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/cb9d99344960e29e19b3380722dc7cd9?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"admin\"},\"url\":\"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/author\/admin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"NAVOIY ARMONI - \u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/navoiy-armoni\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"NAVOIY ARMONI - \u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438","og_description":"Shahzoda Mo\u2019min mirzo o\u2019ldirilgan hijriy to\u2019qqiz yuz uchinchi yilning safar oyida \u2013 1497 sananing erta bahorida Mir Alisher Navoiy Mashhadda edi. U bir paytlar o\u2019zi saboq olgan bu kentga Imom Rizo maqbarasini ziyorat qilishga borib, yetim-yesirlarga saqat ulashadigan g\u2019alvurxona qurilishini boshlatgan, shu bois, bir oz ushlanib qolgan edi. Navjuvon shahzodaning shafqatsizlarcha qatl etilganini Hirotga qytayotganda Batafsil o`qing &raquo;","og_url":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/navoiy-armoni\/","og_site_name":"\u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438","article_published_time":"2012-02-20T20:07:00+00:00","article_modified_time":"2014-11-21T11:26:08+00:00","author":"admin","twitter_card":"summary_large_image","twitter_misc":{"Written by":"admin","Est. reading time":"33 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/navoiy-armoni\/","url":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/navoiy-armoni\/","name":"NAVOIY ARMONI - \u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438","isPartOf":{"@id":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#website"},"datePublished":"2012-02-20T20:07:00+00:00","dateModified":"2014-11-21T11:26:08+00:00","author":{"@id":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#\/schema\/person\/a9ee3b9faa9e226bd49c0dc53c259fdc"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/navoiy-armoni\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/navoiy-armoni\/"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/navoiy-armoni\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"NAVOIY ARMONI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#website","url":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/","name":"\u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438\u0439 \u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442\u0438","description":"\u0418\u043d\u0441\u0442\u0438\u0442\u0443\u0442 \u0410\u043b\u0438\u0448\u0435\u0440\u0430 \u041d\u0430\u0432\u043e\u0438","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":{"@type":"PropertyValueSpecification","valueRequired":true,"valueName":"search_term_string"}}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#\/schema\/person\/a9ee3b9faa9e226bd49c0dc53c259fdc","name":"admin","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/cb9d99344960e29e19b3380722dc7cd9?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/cb9d99344960e29e19b3380722dc7cd9?s=96&d=mm&r=g","caption":"admin"},"url":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/author\/admin\/"}]}},"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/214","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=214"}],"version-history":[{"count":0,"href":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/214\/revisions"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=214"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=214"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/alishernavoiy.org\/Uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=214"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}